Fransiyaning Marsel şahridagi Sen-Şarl vokzali yaqinida 1 oktabr kuni piçoq bilan yölovçilarga hujum qilib, ikki ayolni öldirgan şaxs politsiyaçilarga 8 nom bilan ma'lum bölgan. Ammo uning asl şaxsiyati haligaça aniqlanmagan.

Reuters ma'lumotiga köra, uşbu terrorçilik hujumi uçun javobgarlikni IŞID zimmasiga olgan.

Politsiya ma'lumotiga köra, uşbu hujumni kelib çiqişiga köra şimoliy afrikalik bölgan şaxs amalga oşirgan. Ba'zi manbalarga köra u tunislik, boşqa manbalarga köra esa jazoirlik.

Ötgan haftaning juma kuni, teraktdan avvalroq u Lion şahrida dökonda öğrilik qilgani tufayli qölga olingandi. Ammo keyin politsiyaçilar uni qöyib yuborişgan, öşanda uning barmoq izlari olingandi.

Terrorçining yonida faqat ikki piçoq va mobil telefon bölgan, uning hujjatlari bölmagan.

Kun mobaynida matbuot uning yoşi, millati va boşqa ma'lumotlari haqida turli xabarlarni tarqatgandi.

Uni şu vaqtgaça jami 8 marta turli huquqbuzarliklar uçun qölga olişgan (öğrilik, giyohvand moddalar savdosi, Fransiya hududida hujjatsiz harakatlaniş) va u har safar özini turli nomlar bilan taniştirgan.

Şu bilan birga u radikallar röyxatida bölmagan.

U hujjatlarga ega bölmagan holda Liondan Marselga qanday yetib kelgani tuşunarsiz bölib qolmoqda. Guvohlarning aytişiça, u vokzalda skameykada hammadan alohida ötirgan, uning taşqi körinişi şubhali bölgan. U birdan örnidan sapçib turgan va diniy hayqiriqlar aytib, odamlarga taşlangan. Natijada, ikki opa-singil halok bölgan, ulardan biri 17, ikkinçisi 20 yoşda edi. Ular qöşni şahardan Marselga qarindoşlarinikiga kelişgandi.

Tez orada voqea joyiga politsiyaçilar yetib kelişgan va terrorçi öldirilgan.

Marselga Fransiya Içki işlar vaziri Jyerar Kollon kelgan, u hodisani terakt deb baholamadi, ammo prokuratura işni terorizm akti sifatida örganmoqda. 

Qayd etiş kerakki, joriy yilda Marselda terrorçilarning xurujlari sezilarli darajada oşdi. Bu port şaharda jinoiy guruhlar faoliyat yuritadi, şu tufayli bu şahar terrorçilik hujumlarini amalga oşiriş uçun qulay şahar hisoblanadi.