Rossiya prezidenti bölişdan ança avval Vladimir Putin 16 yil SSSR davlat xavfsizlik qömitasida faoliyat yuritgan. Business Insider uning xizmat davridan asosiy faktlarni keltirib ötdi. 

Sovuq uruş allaqaçon tugab bölgan, biroq Rossiya razvedkasi haqidagi yangiliklar hanuz Amerika OAVning birinçi sahifalaridan joy olib keladi. 

Rossiya Demokratik partiya qömitasining elektron poçtasini buzib kirişda va amaldagi prezident Donald Trampning saylovlarda ğolib bölişiga yönaltirilgan boşqa aksiyalarda ayblanadi. OAV şuningdek Rossiyani ijtimoiy tarmoqlardagi qator siyosiy guruhlar va reklama kampaniyalar ortida turganlikda gumon qiladi, maxsus prokuror Robert Myuller esa Moskva bilan aloqadorlik böyiça Tramp kampaniyasining sobiq boşqaruvçisi Pol Manafort faoliyatini örganmoqda. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ bilan kiberuruşdagi iştirokini inkor etmoqda. Boşqa tomondan, France Press agentligida ta'kidlanişiça, u bir neça marotaba Rossiyaning noyob razvedkasi bilan faxrlanişini aytgan - uning karerasi Davlat xavfsizlik qömitasi (DXQ - KGB)da boşlangani inobatga olinsa, buning ajablanarli joyi yöq.

Putin ösmirlik yillarida "Qiliç va qalqon" romani va uning asosida suratga olingan filmni juda yaxşi körgan. Bu millatçilarni yengişga yordam bergan dadil sovet razvedkaçisining tarixi. Keyinroq Putin "bir razvedkaçining özi minglab odamlarning taqdirini belgilab berişi mumkinligi"dan hayratga tuşganini aytgan. 

 "Qiliç va qalqon" filmidan kadr (1986)

Putin Sankt-Peterburg davlat universitetining yuridik fakultetida tahsil olgan. Uning diplom işi xalqaro huquq va savdo-sotiqqa bağişlangan bölgan. 

Sankt-Peterburg davlat universiteti

U dastlab yuridik tajriba orttirmoqçi bölgan, biroq 1975 yilda, OTMni tugallagaç, taqsimotga köra DXQga işlaşga yuborilgan.