Ötgan juma kuni Karlo Ançelotti «Bavariya» bilan xayrlaşdi. Jamoa yetakçisi Mats Hummelsdan bunday tez röy bergan iste'fo unga qançalik kutilmagan bölgani haqida söraşganda u «iste'fo tez böldimi, sizningça?» deb javob berdi. Ya'ni futbolçi uçun bu voqea qaysidir ma'noda keçikib sodir bölgandek...
«Bavariya» xöjayinlari uçun bu voqea tez amalga oşdi. Ular Parijga kelişayotganida, balki bu haqida öylaşmagan ham, balki şuning uçun Ançelottiga örinbosar topiş masalasi hali ham oçiq qolmoqda.
Karl Xaynts Ruminigge Parijdagi öyindan bir kun oldin maydonga tuşadigan asosiy tarkibni körib, köngli tölmagan. Rost ekan. «Bavariya» muhim uçraşuvni yirik hisobda boy berdi va Ançelotti endi jamoani butunlay yöqotdi. Myunxenga qaytilgaç, Uli Xyoness jamoaning 5 nafar futbolçisi murabbiyga qarşi ekanini aytdi. Bu guruhga Frank Riberi va Jyerom Boateng, şuningdek ötgan yildan beri Karloning qarorlaridan noroziligini yaşirmayotgan Tomas Myullerni ham kiritiş mumkin.

2017 yilning barça katta öyinlarida Ançelotti Myullerga, jamoaning öziga xos ramzi va muxlislarning yoqimtoyi bölgan futbolçiga asosiy tarkibdan joy topib bera olmadi. Osiyoda ötgan mavsumoldi turnesida uzoq vaqt Myuller jamoa sardori bölib yurgan bölsa-da, ikkinçi turga kelib u yana zaxirada qoldirildi. «Mening mahoratim murabbiyni qoniqtirmasa kerak» – dedi hujumçi oçiqçasiga.
Myullerning örniga uzoq vaqt jarohati tufayli maydonga tuşa olmagan Tyago Alkantara öynadi. U Xames va Xavi Martines bilan birgalikda, Ançelottining «sevimli» futbolçilari bölib qolişdi. Umuman italiyalik murabbiyning ispanlarga munosabati klubdagilarga yoqmadi, ularning özaro yiğilişlari, oilaviy bordi-keldilari tarkibni aniqlaşga xalaqit berişini ayta boşlaşgandi. Jamoaviy muhitning buzilişida ham buning salbiy ta'siridan qörqişdi.
«Real» va «Borussiya»ga qarşi öyinlarda Riberining almaştirib yuborilişi, şuningdek, «Volfsburg»ga qarşi çempionlik öyinida fransuz futbolçisining umuman zayavkadan çetda qolişi Ançelotti duşmanlarini bittaga köpaytirgani tabiiy. Bu holatning jamoatçilikka tarqalişi ham kuttirmadi – «Anderleht»ga qarşi öyinda ham almaştirilgan Riberi futbolkasini zaxira örindiğiga qarab otib yubordi.














