Armanistonda ilk haydovçisiz elektrokar yaratildi. Avtomobil prototipi Yerevandagi DigiTec-2017  texnologiyalar körgazmasida namoyiş qilindi.  

Avtomobil armanistonlik muhandislar va tadbirkor David Gevorgyan tomondan yaratilgan. Maşina soatiga 90 km tezlik bilan yura oladi, biroq bir quvvatlanişda 40-50 km yöl bosadi. Kelgusida muhandislar yuriş zaxirasi körsatkiçini 200 km gaça yetkazişmoqçi. Maşina akkumulyatorlari 2-3 soat davomida quvvatlanadi.

Naked Science naşrining ma'lum qilişiça, Armanistonda maşinaning quvvatlaş va tormoz tizimlari işlab çiqilgan, elektrodvigatel va batareyalar komplekti xorijiy kompaniyalardan sotib olingan. 

Maşina videokamera va radar bilan jihozlangan va buning evaziga u obektlargaça bölgan masofa va ularning harakatlaniş tezligini aniqlay oladi. Avtopilot tizimi hozirda laboratoriyadagi maxsus trenajyorda sinovdan ötkazilmoqda.

Gevorgyanning aytişiça, maşina narxi 6-8 ming dollar turadi. Biroq model seriyali işlab çiqarişga qöyilganda uning narxi kamayadi. Hozirda maşinani işlab çiqariş uçun sarmoyalar qidirilmoqda.