Kataloniya jamoatçilik taşkilotlari va kasaba uyuşmalari rahbarlari bugun, 3 oktabr kuni yalpi iş taşlaş ötkazadi.
Şu tariqa ular Ispaniya politsiyasi va Milliy gvardiyaning 1 oktabr kungi mustaqillik haqidagi referendum iştirokçilariga nisbatan qöllagan şafqatsiz çoralariga norozilik bildirişmoqçi.
Kataloniya Milliy assambleyasi va Omnium Cultural taşkiloti aholini mahalliy vaqt bilan soat 12:00da (Toşkent vaqti bilan soat 15:00) boşlanadigan iş taşlaş tadbirlarida faol qatnaşişga çaqirgan.
Bugun Barselonada jamoatçilik transportlari - avtobuslar va metro işlamaydi. Şahardan taşqariga qatnovçi poyezdlar harakatida çeklovlar qöyilgan. Temiryöl kompaniyalari jami 151ta poyezd harakatini töxtatgan. Bundan taşqari, aeroportlarda iş hajmi qisqargan. Muzeylar, teatrlar va körgazmalar yopiladi.
«Barselona» va «Jirona» klublari ham bu iş taşlaşga qöşilgan, klublar bugun yopiq böladi, maşğulotlar ötkazilmaydi.
Kataloniya hukumati rahbari Karles Puçdemon hukumat Yevropa Ittifoqqa murojaat qilib, referendum çoğida inson huquqlari buzilgani haqidagi masalani körib çiqişni talab qilişni rejalaştirgani haqida aytdi.
2 oktabr kuni Kataloniya hukumatining rasmiy vakili Jordi Turul Barselonadagi matbuot anjumanida referendum iştirokçilarining 90 foizi Ispaniyadan ajralib çiqiş uçun ovoz berganini ma'lum qilgandi.
Kataloniya hukumatining sönggi ma'lumotlariga köra, 1 oktabr — hudud mustaqilligi haqidagi referendum ötkazilgan kunda — politsiya bilan töqnaşuvlar natijasida 844 kişi jabrlandi.












