Coca-Cola Hellenic Bottling Company (Coca-Cola HBC) kompaniyasi rahbari Dimitris Lois 2 oktabr kuni hayotdan köz yumdi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmatida xabar berildi.

"Coca-Cola HBC bugun çuqur qayğu bilan öz rahbari Dmitris Loisning 2017 yil 2 oktabrida hayotdan köz yumganini ma'lum qiladi", - deyiladi kompaniya relizida. Kompaniya sentabr oyida Loisning soğliğidagi ba'zi muammolar sabab rahbarlik lavozimini vaqtinçalik tark etişi haqida e'lon qilgandi. 

"Dimitrisning ölimi haqidagi xabardan çuqur qayğudamiz. Uni şaxsan taniş va köp yillar davomida birga işlaş katta şaraf böldi", - deydi Coca-Cola HBC direktorlar kengaşi raisi Anasteyssis Devid.

Mixalis Imellos hozirça kompaniya rahbari vazifasini bajarişni davom ettiradi, deyiladi relizda.

Coca-Cola Hellenic – The Coca-Cola Company tovar belgisi ostidagi içimliklarni işlab çiqaruvçi va tarqatuvçi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri. Coca-Cola Hellenic 28 mamlakatda öz biznesini yuritadi. 2017 yilning birinçi yarmi holatiga köra, kompaniyada taxminan 29,6 ming kişi işlaydi.