2017 yil 3 oktabr nafaqat “Özbekiston temir yöllari” AJ, balki Özbekistonning eng yangi tarixida yana bir sahifa bilan yodda qoladi. Gap şundaki, bugun Bekobod-Toşkent-Bekobod yönalişi böyiça zamonaviy elektropoyezd qatnovi qayta yölga qöyildi. 

Şu yilning 16 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatining Bekobod şahriga taşrif buyurgan çoğida şaharliklarga yanada köproq qulayliklar taqdim etiş maqsadida taklif va tavsiyalarini bergan, şu jumladan Bekobod-Toşkent-Bekobod yönalişi böyiça elektriçkalar qatnovini qayta tiklaş vazifasini qöygan edi. 

 

Bekobod şahri Toşkent viloyatining eng uzoq şaharlaridan biri hisoblanadi. Endilikda, tarkibida 6 ta zamonaviy, keng va şinam qilib ta'mirlangan, yumşoq örindiqlar örnatilgan vagondan iborat elektropoyezd şaharni Özbekiston poytaxti bilan boğlaydi. 

 

 

Qayd etiş joizki, uşbu poyezd qatnovi vaqtlarini belgilaşda bevosita xalq fikri örganilib, belgilandi. Ertalab 6-35 da Bekobod şahridan yölga çiqqan poyezd Xovos, Yangiyer va Guliston bekatlarida töxtab, 183 km masofani 2 soat-u, 45 daqiqada bosib ötib, 9-20 da Toşkent şahriga yetib keladi. 

Havoni mö'tadillaştiruvçi maxsus uskunalar bilan jihozlangan vagonlar “Toşkent yölovçi vagonlarini quriş va ta'mirlaş zavodi” AJda tubdan rekonstruksiya qilindi. Ularning har biriga yölovçilarga sifatli xizmat körsatiş maqsadida maxsus kuzatuvçilar biriktiriladi.