General Motors’ning elektromobillar işlab çiqariş böyiça rejalari ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Electrek.

AQŞ kompaniyasi 18 oy içida ikkita yangi töliq elektr avtomobilni taqdim qiladi. Bu maşinalar Chevrolet Bolt EV’ning takomillaşgan variantlari hisoblanadi. Va bu boşlanişi: bu maşinalar 2023 yilgaça işlab çiqariladigan 20 ta yangi elektrokarlardan birinçilari böladi, deb ta'kidlanmoqda kompaniyada. Şuningdek, kompaniya vodorod yonilği elementiga asoslangan yangi platforma işlab çiqarişini ma'lum qildi.  

Kompaniya Xitoyda özini ançagina tutib olgan, biroq AQŞda özini ehtiyotkorona tutmoqda, boz ustiga Bolt EV savdolari muvaffaqiyatli bölmagan. Bolt EV ilk hamyonbop elektromobil deb e'tirof etilganiga qaramasdan, undan AQŞda oyiga bor-yöği 200 donadan sotilgan. Biroq past savdolarga qaramasdan, model egalari va avtomobilsozlik sohasi tomondan yaxşi qabul qilingan va şu sababli bu model yangi elektromobillar uçun asos bölişi ajablanarli hol emas.

Bu orada GM haydovçisiz avtomobillar sohasiga ham mablağlar va kuçlarni sarflamoqda. Deutsche Bank tahlilçisining ta'kidlaşiça, kompaniya Tesla’ni ortda qoldirib, rejalaştirilgandan avval, ya'ni bir neça yil emas, balki çoraklardan keyin töliq avtonom avtomobilni işlab çiqaradi. Tahlilçi şuningdek kompaniyaning avtomobillarni ijaraga beriş böyiça korxonalari ham muvaffaqiyatga erişişini aytmoqda. Bu esa GM’ga Uber taksi xizmati bilan raqobat qilişga imkon beradi, çunki yangi elektr modellarga xizmat körsatiş xarajatlari içki yonuv dvigateliga ega maşinalarnikidan kamroq böladi.

Avtomobil sanoatining qolgan gigantlari ham elektromobillar bozorida öz örnini topişga harakat qilmoqda. Ulardan ba'zilari raqobatçi kompaniyalar bilan birlaşişlariga töğri kelmoqda. Misol uçun, ötgan haftada Toyota va Mazda elektromobillar yaratiş va işlab çiqariş böyiça birgalikdagi rejalari haqida ma'lum qilişgan.