IKEA savdo belgisi mamlakatda majburiy va beixtiyor mehnatdan foydalaniş borasida «töğri yönalişda harakat» kuzatilmayotgani bois, Turkmanistonda işlab çiqarilgan paxtadan foydalanişga taqiq joriy etdi, deyiladi kompaniyaning bayonotida.
Ilgari IKEA Turkmanistonni «oğir» hudud deb atar, lekin aholining mehnat huquqlari bilan boğliq muammolarini qayd etmagan edi.
2015 yildan e'tiboran IKEA bu mamlakatda paxta sanoatida ijobiy özgarişlarini rağbatlantiriş böyiça pilot loyiha bilan iş boşlagan edi. Loyihaning maqsadi mahsulot yetkazib berişning barça böğinlari IKEA ta'minotçilarining axloq kodeksiga töğri kelişini işlab çiqiş va amaliyotga joriy etişdan iborat edi.
«Mamlakatda mavjudligimiz fermerlarni aholining mehnat huquqlari neçoğlik muhim ekanligiga örgatiş imkonini berdi», — deyiladi kompaniya bayonotida.
IKEA kompaniyasidagilar qayd etişiça, loyiha ötkazilgan sönggi 2 yil mobaynida kompaniya va çetdan taklif etilgan auditorlar ta'minotçilar xulqi kodeksiga töğri kelişini doimiy ravişda baholab borişgan. Baholaşlar paxta teriş kampaniyasi vaqtida, terimçilar iştirokida ötkazilgan va heç qanday qoidbuzarlik aniqlanmagan.
Lekin majburiy va beixtiyor mehnatdan foydalaniş borasida paydo bölayotgan xabarlarga asoslanib, kompaniya Turkmaniston bilan loyihani davom ettirmaslikka qaror qildi va buni «rivojlaniş töğri yönalişda bormayapti», deb tuşuntirdi.
«Biz mehnat şart-şaroitlarining xalqaro va mahalliy mustaqil fuqarolik jamiyati taşkilotlari tomonidan ötkaziladigan şaffof monitoringni yuksaltiriş bilan bir qatorda mamlakatning butun paxtaçilik sohasida munosib mehnat dasturi rivojining aniq misollarini körmoqçimiz», — deyiladi kompaniya bayonotida.
IKEA özining Turkmanistondagi paxtaçilik sohasiga ta'sir etiş qobiliyatini «çeklangan» deb baholaydi. Turkmanistonda loyihani davom ettirişdan voz keçayotganiga qaramasdan, IKEA bu mamlakatdagi tajribasini muvaffaqiyatli, deb atagan.
Eslatib ötamiz, IKEA Özbekistonda yetiştirilgan paxtadan foydalanişga ham taqiq joriy etgan.












