Las-Vegasda otişma uyuştirib, 59 kişining hayotiga zomin bölgan Stiven Peddok 40dan ortiq quroldan foydalangan, degan politsiya vakili matbuot anjumanida.
«Biz Mandalay Bay mehmonxonasida 23ta öqotar qurol topdik, qotilning Nevada ştati Meskit şahridagi uyida yana 19ta qurol topilgan», — degan politsiya vakili.
Vakilning qöşimça qilişiça, tergov hanuz 64 yoşli Peddokni yagona jinoyatçi deb hisoblaydi va uning bir özi harakat qilgan, deb biladi.
«Biz ommaviy axborot vositalari orqali tarqalayotgan turli miş-mişlardan xabardormiz, lekin bu miş-mişlarni tasdiqlovçi birorta axborotga ega emasmiz», — degan politsiya zobiti.
Otişma Las-Vegas aeroporti va Mandalay Bay kazino-mehmonxonasi oraliğida bölib ötayotgan musiqiy festival çoğida röy bergan. Öqlar mehmonxonaning 32-qavatidan turib uzilgan.
Sönggi ma'lumotlarga köra, otişma natijasida 59 kişi halok bölgan, 500dan ziyod kişi jarohatlangan. Öşa paytda oçiq osmon ostida ötayotgan konsertni ön minglab kişi tomoşa qilib turgandi. Bu öqotar qurol bilan öldirilgan insonlar soni böyiça AQŞ tarixidagi eng yirik qonli voqea böldi.












