Nevada ştatining Las-Vegas şahrida 2 oktabrga ötar keçasi sodir etilgan otişmadan keyin şahardagi şifoxonalarga öqotar quroldan jarohat olgan holda olib kelingan kişilar soni 400 nafardan ortiqni taşkil qilmoqda. Bu haqda mahalliy politsiya bayonotida ma'lum qilindi.
«Klark öt öçiriş xizmati boşqarmasi baholariga köra, yakşanba oqşomidagi otişmadan keyin şifoxonalarga 406 kişi olib kelingan, 50 kişi halok bölgan», deyiladi xabarda.
Halok bölganlar orasida politsiyaçilar ham bor. Yana ikki politsiyaçi jarohatlangan.
Hodisa yakşanba oqşomida Las-Vegasdagi aeroport va Mandalay Bay kazinosi örtasida joylaşgan hududda ötkazilayotgan musiqa festivali vaqtida röy berdi.
Politsiya ma'lumotiga köra, otişma Las-Vegas çekkasida istiqomat qiluvçi oq tanli 64 yoşli erkak — Stiven Peddok tomonidan uyuştirilgan. Köp ötmasdan voqea joyidan uning jasadi topildi.
U 32 qavatli mehmonxona balkonidan turib pastdagi minglab kişilar ustiga öq yoğdirgan.












