Olimlarning bergan ma'lumotlariga köra, osmon jismi sayyoramizdan 87 ming kilometr yaqinlikda uçib ötgan, deb yozadi TASS.

Avtobus kattaligidagi asteroid duşanba kuni töqnaşiş xavfini keltirib çiqarmasdan, Yer kurrasiga nisbatan yaqin masofada uçib ötgan. Bu haqda NASAning Kaliforniya ştati Pasadina reaktiv harakat laboratoriyasida joylaşgan osmon jismlarini örganiş markazi xodimlari ma'lum qilişgan.

Markazning saytida e'lon qilinişiça, 2017 SX17 deb nomlangan asteroidning köndalang kesimi 6,3 metrdan 14 metrgaça yetadi. U Toşkent vaqti bilan soat 15:20da sayyoramiz va bizdan 384 ming kilometr uzoqlikda bölgan Oy örtasidan uçib ötib, Yerga 87 ming kilometrgaça yaqinlaşgan.

Bu asteroid faqat 24 sentabrga kelib aniqlangan. Olimlarning hisob-kitobiga köra, u Quyoş atrofida 467 sutkada bir marta töliq aylaniş hosil qiladi. 

NASA mutaxassislari hozir katta qiziqiş bilan boşqa bir asteroid — 2012 TC4ni kuzatişmoqda. U 12 oktabr kuni Yerdan 43,5 ming km masofadan uçib ötadi. Kosmik jismning diametri 12 dan 27 metrgaça yetadi va uni 2013 yilning 15 fevralida atmosferaga soniyasiga 18 km tezlikda uçib kirgan va 25 km balandlikda portlab ketgan Çelyabinsk meteoritiga qiyoslaş mumkin. U meteoritning qulaşi 90 kmgaça bölgan masofada zarba tölqinlari tarqalişi bilan davom etgan.

Ayni paytda NASA köndalang kesimi 1 km.dan ortiq bölgan, sayyoramizga potensial xavf soluvçi yirik asteroidlarning 93 foizini aniqlaşgan. Taxminan mingdan ortiq ana şunday osmon jismlari Quyoşdan 195 mln. km uzoqlikda uçmoqda. Olimlar şuningdek, Yer orbitasi yaqinidagi örtaça kattalikdagi (100 metrdan 1 km.gaça) asteroidlarning sonini ham aniqlaşga muvaffaq bölişgan: ularning soni 19,5 mingdan ziyod ekan.