1 oktabr kuni Kataloniya mustaqilligi uçun referendum bölib ötdi. Madridda buni tan olişmadi. Konstitutsion sud referendumni noqonuniy deb topdi. Ammo Barselona uçun baribir edi. Ular ozodlik uçun qon tökib bölsada, qatnaşişdi. Hozirça referendumning natijalari böyiça yakuniy natijalar çiqqani yöq.
Keling Kataloniyaning ozodlik uçun kuraşi muvaffaqiyatli çiqdi, deb hisoblab turamiz. Şunday bölgan taqdirda Kataloniyaga xalqaro musobaqalarda iştirok etiş uçun terma jamoa kerak böladi.
Umuman olganda futbol böyiça Kataloniya terma jamoasi 100 yildan ortiqroq vaqt davomida mavjud bölgan, ular vaqti-vaqti bilan terma jamoa iştirokidagi norasmiy örtoqlik uçraşuvlari taşkil qilişgan – unda Pike, Fabregas, Buskets boşqa bir qator yulduzlar iştirok etib kelişgan.
Agar hozirning özida uşbu jamoani şakllantiriş kerak bölsa u qanday köriniş olgan bölardi? Marhamat faraz qilib köramiz:

Darvozabon Kiko Kasilya
Taqdir hazilini qarangki, bugungi kundagi Kataloniyaning eng yaxşi darvozabon «Real» şarafini himoya qilmoqda. Kiko Kataloniyada tuğilgan bölib, 14 yoşida «Real» tizimiga kelib qolgandi, şundan söng u «Espanol»ga ötgan va 2015 yilda yana Madridga yöl olgandi. Hozir u Madrid klubida asosan kubok uçraşuvlarida köriniş bermoqda.
Himoyada «Barselona» tarbiyalanuvçilari. Markazda Jyerar Pike va Mark Bartra, öng qanotda Martin Montoyya va çap qanotda Jordi Alba
Hozirgi kunda bulardan ikkitasi «Barselona»da faoliyatini davom ettirmoqda. Jordi Alba va Jyerar Pike jamoaning özgarmas futbolçilaridan bölib qolişmoqda. Qolgan ikki futbolçi esa «Barselona» omadi yurişmagaç, boşqa jamoaga yöl olişgan. Montoyya «Valensiya»da, Bartra – esa Dortmundda töp surmoqda.
Uç nafar yarimhimoyaçilar «Barselona»ning ikki futbolçisi Serxi Buskets, Serji Roberto va «Çelsi» futbolçisi Sesk Fabregas.
Uççala futbolçi ham kelib çiqişi jihatdan Kataloniyaning birinçi raqamli jamoasi tarbiyalanuvçilari sanaladi. Öz vaqtida Fabregas «Arsenal» safiga ötib ketgan, keyinçalik «Barselona»ga qaytgandi. Gvardiolasiz qolgan «Barsa»da Seskning işlari umuman yurişmadi u köp vaqt jamoada qolib ketmadi va yana Londonga, faqat bu safar «Çelsi» safiga qaytdi. Serxi Roberto va Serxi Buskets esa hamon «Barselona» şarafini himoya qilişda davom etmoqda.













