Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Aşxobodda 17-27 sentabr kunlari mobaynida ötkazilgan usti yopiq inşootlardagi Osiyo Öyinlarida sovrindor bölgan sportçilar hamda murabbiylarni mukofotladi.

Turkmaniston vakillari Aşxoboddagi turnirda jami 245ta medal olib birinçi böldi (89ta oltin, 70ta kumuş va 86ta bronza).

Oltin medal olgan sportçilarga Toyota Camry GL Executive avtomobillari, kumuş medal olganlarga 5000 dollar, bronza sohiblariga esa 3000 dollardan mukofot pullari topşirilgan.

Şuningdek, ğolib sportçilarning murabbiylariga ham Toyota Camry GL Executive berilgan.

Turkmanistonlik sportçilar esa prezidentga oltin velosiped sovğa qilişgan. Davlat rahbari bu sovğani öz muzeyida saqlaşini ma'lum qilgan.

Foto: news.tj