Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Aşxobodga rasmiy taşrif bilan kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ikki davlat xalqlari örtasidagi döstlikni mustahkamlaş yölidagi sa'y-harakatlari uçun taşakkur bildirdi, deb yozadi RIA Novosti.

RF prezidenti Vladimir Putin va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov suhbat çoğida. 2017 yil 2 oktabr.

Yuzma-yuz muzokaralar çoğida turkman yetakçisi Rossiya prezidentining uşbu taşrifi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab, Turkmaniston va Rossiya örtasidagi diplomatik aloqalar örnatilganiga 25 yil tölgan bir paytda yuz berganini qayd etib ötdi.

Vladimir Putin kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar çoğida Rossiya va Turkmaniston örtasidagi tovar aylanmasi yaqin kunlar içida yana tiklanişini ma'lum qilgan.

Jumladan, Putin şunday degan: «Afsuski ötgan yilda turli sabablarga köra mamlakatlarimiz örtasidagi tovar aylanmasi pasaydi. Lekin bizda bu tendensiyani yengib ötiş uçun imkoniyatlar mavjud va umid qilamanki, yaqin kunlarda şunday böladi ham».

«Moskva va Aşxobod örtasida turli sohalarda hamjihatlik qiliş uçun butun bir mexanizmlar tizimi yaratilgan, bunda asosiy rol hukumatlararo komissiyaga tegişli. Bundan taşqari, tovar aylanmasi tizimini yaxşilaş uçun 2018 yilgaça 80 ta turli tadbirlar va loyihalarni özida mujassam etgan iqtisodiy hamkorlik dasturi yönaltirilgan», — dedi Rossiya prezidenti.

Rossiya va Turkmaniston prezidentlari ikki davlat örtasida strategik şeriklik haqidagi şartnomani imzolaşdi. Ötkazilgan muzokaralar yakuniga köra, ikki davlat yetakçilari örtasida yana 14ta qöşma hujjat imzolandi.

Jumladan, qişloq xöjaligi, sanoat, migratsiya sohasi, narkotiklarga qarşi birgalikda kuraşiş, dengiz transport sohasida hukumatlararo bitim, sport, turizm va soğliqni saqlaş sohasida bitim, şular jumlasidandir. Oryol şahri va Mari şahri örtasida birodarlik munosabatlari haqida bitim imzolandi.

Muzokaralar yakuniga köra ikki davlat rahbarining qöşma bayonoti ham imzo çekilgan.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Vladimir Putinga «Hamkorlikni rivojlantirişdagi xizmatlari uçun» ordenini taqdim etdi. Aytilişiça, uşbu orden Putinning taşrifi arafasida ta'sis etilgan va ilk bor Rossiya prezidentiga berildi.