Bugun, 3 oktabr kuni poytaxtda Özbekiston-Rossiya biznes forumi bölib ötdi. Unda ikki tomonlama strategik hamkorlikning ustuvor yönalişlaridan biri bölgan savdo-iqtisodiy aloqalarning yanada kengaytirilişiga e'tibor qaratildi. Tadbirda qatnaşgan KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi.
Rossiya Özbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkori hisoblanadi. Ötgan yil yakunlariga köra, ikki mamlakat örtasidagi tovar almaşinuvi 4,2 milliard dollarga teng böldi. Oxirgi sakkiz oyda esa bu körsatkiç ötgan yilgiga nisbatan 15,6 foizga ösdi. Bu yönalişda faol işlar olib borilmoqda.
Investitsiya va sanoat kooperatsiyasi sohasida ham katta hamkorlik yölga qöyilmoqda. Şuningdek töqimaçilik sohasidagi aloqalar ança jadal rivojlanib, 22 foizga oşgani qayd etildi.
Bundan taşqari, işlab çiqariş kooperatsiyasi, qişloq xöjaligi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, neft-kimyo sohalarida ham faol hamkorlik yölga qöyilayotgani ta'kidlandi.
Tadbirda Rossiyaning yirik kompaniyalari bilan hamkorlik samarali rivojlanayotgani ma'lum qilindi. Metallurgiya va quriliş materiallari sohasida katta loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan.












