Özbekistonda yangi yildan yagona öquvçi formasi joriy etiladi. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov OAV xodimlari bilan uçraşuv çoğida ma'lum qilgan.
«Davlat rahbari ta'kidlaganidek, maktab formasi bir xilda bölişi birinçi navbatda öquvçilar örtasidagi tenglikni ta'minlaydi. Öquvçi bilan talaba kiyimi ham bir-biridan farq qilişi kerak. Forma borasidagi taklifimizni ota-onalar yaxşi qabul qildi. Şu paytga qadar ham maktab öquvçilarining öz formalari bölgan, biroq turli maktablarda turliça edi», — dedi Uluğbek Inoyatov.
Vazirning aytişiça, ayni vaqtda dizaynerlar bu borada iş olib bormoqda. Kelgusida bu kiyimlar ota-onalar va pedagoglar muhokamasiga qöyiladi.
Xalq ta'limi vaziri matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qilişiça, «Özbekengilsanoat» AJ mutaxassislari tomonidan milliy mentalitetimizdan kelib çiqqan holda öquvçi formasining 7-8 xil turi tayyorlanmoqda.












