07.10.2017. Shvetsiya - Lyuksemburg, Belarus - Niderlandiya, Bolgariya - Fransiya
10.10.2017. Fransiya - Belarus, Lyuksemburg - Bolgariya, Niderladiya - Shvetsiya
Ko‘rish shart: NIDeRLANDIYa – ShVeTsIYa

Foto: Getty Images

Fransiya terma jamoasi Lyuksemburg bilan kutilmagan durangdan so‘ng, biroz tahlika ostida qolishdi. Frantsuzlar agar bolgarlarni yenga olmay qolishsa, so‘nggi tur oldidan 2-o‘ringa tushib qolishlari mumkin. Bu o‘rin esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani bermaydi. Shu o‘rinda JCh-94 saralashidagi hodisa esga tushadi beixtiyor: o‘shanda Fransiya terma jamoasi so‘nggi turda Bolgariya bilan durang o‘ynashsa kifoya edi, ammo bolgarlar so‘nggi daqiqada hal qiluvchi golni kiritib, Fransiyani mundialsiz qoldirishgandi.

Agar hammasi taxmin qilingandek bo‘lsa, Fransiya qolgan o‘yinlarda g‘alaba qozonadi va 2-o‘rin uchun kurash Niderlandiya va Shvetsiya o‘rtasida kechishi kutilmoqda. Buning uchun so‘nggi turda Niderlandiya shvedlar ustidan g‘alaba qozonishlari shart. Shu bilan birga to‘plar nisbati ham muhim ahamiyatga ega — hozirda shvedlarda +9, niderlandiyaliklarda +5, buning ustiga Shvetsiya keyingi turni o‘z maydonida kuchsizroq raqibga qarshi o‘tkazishini ham hisobga olamiz. U holda biz tavsiya qilayotgan o‘yinda mezbonlar yirikroq hisobda g‘alaba qozonishlari shart bo‘lib qoladi. 

Foto: FIFA

V guruhi. 
07.10.2017. Andorra - Portugaliya, Shveytsariya - Vengriya, Farer orollari - Latviya
10.10.2017. Vengriya - Farer Orollari, Latviya - Andorra, Portugaliya - Shveytsariya

Ko‘rish shart: PORTUGALIYa - ShVeYTsARIYa (soat 23:45 da)