Haydovçisiz boşqariladigan avtomobilar taksilarni nafaqat bir-birlari bilan, şuningdek jamoat transporti bilan ham raqobatga kirişişga majbur etadi — kelajakda ularning tannarxi şu qadar pastlaşi mumkin, deb yozadi Kommersant.RU.

UBS kompaniyasi tahlilçilarining fikriça, haydovçisiz boşqariladigan taksilar tarqalgaç, yölovçilar uçun yöl haqi 80 foizgaça pasayişi mumkin. Bu holatda haydovçisiz boşqariladigan taksilardan foydalaniş şaxsiy avtomobilga ega bölişdan köra ikki barobar arzonroqqa tuşadi, deyişmoqda ekspertlar.

Avtobus narxidagi taksi

Haydovçisiz taksi derli şunday körinişga ega böladi. Foto: Autoexpress.co.uk

Ekspertlarning fikriça, haydovçisiz boşqariladigan taksi jamoat transportining butun tizimini ağdar-töntar qilib taşlaydi — birinçi navbatda yöl haqining keskin kamayişi hisobiga. Bu holatda «taksiçisiz taksilar» yirik şaharlarda yaqin yillarda paydo bölişi mumkin, unda yuriş haqi esa jamoat transportiniki bilan barobar böladi.

Şaxsiy avtomobilga ega böliş foyda keltirmaydi

«Elektromobillar va haydovçisiz boşqariladigan avtomobillarga ötiş raqobat kuçayişi bilan hamjihatlikda yölovçilardan olinadigan yöl haqi bugungi kundagisiga nisbatan 80 foizgaça pasayişiga sabab bölişi mumkin... Yaqin bir neça yillar içida texnologiyalar «robotaksi»ni reallikka aylantiradi. Bu yangi şaroitlarda şaxsiy avtomobilga ega böliş «robotaksi»dan foydalanişga nisbatan ikki barobar qimmatga tuşadi», — deya tadqiqotdan parça keltirmoqda «Kommersant'».

Nafaqat haydovçisiz, şuningdek ğildiraksiz

Eslatib ötamiz, ötgan haftada Dubayda uçuvçisiz uçar taksi sinovdan ötkazildi. Yöölovçilarni taşiş bilan uçuvçisiz uçar apparatlar şuğullanadi. Taksi xizmati Ehang 184 dronlaridan foydalanmoqda. Ular massasi 110 kilogaça bölgan yuklarni ham taşişi mumkin.