Movehub transport kompaniyasi mutaxassislari dunyo böylab eng köp sayohat qiluvçi xalqlar reytingini tuzdi. Reytingga köra, 1-örinni Hongkong aholisi egallagan. Hongkongliklar qolgan xalqlarga qaraganda sayohat uçun köproq vaqt ajratar ekanlar, deb xabar bermoqda 34travel naşri.
Ma'lum qilinişiça, Hongkong aholisi yiliga 11,4 marta sayohat qilar ekan. Ular har bir sayohat uçun örtaça 3 ming dollardan sarflaydilar.
2-örinni Lyuksemburg aholisi egalladi, ular bir yilda 2,56 marta sayohat kilişar ekan. Lyuksemburgliklar har bir sayohatlari uçun 6 ming dollarga yaqin mablağ sarflaydilar.
3-örinni esa vengriyaliklar egalladilar. Ular yiliga 1,62 marta sayohat qilişar ekan va har bir sayohat uçun 250 dollar sarflaşadi.
Şuningdek, eng köp sayohat qiluvçi millatlar qatoridan şvetsiyaliklar, finlyandiyaliklar, irlandiyaliklar, şveysariyaliklar, daniyaliklar, albaniyaliklar va singapurliklar ham joy olişdi.












