Germaniyada mamlakat birlaşgan kun – Germaniya birdamligi kunining 27 yilligi nişonlanmoqda. Bu kun milliy bayram sifatida nişonlanadi. 1990 yil 3 oktabrda sobiq Germaniya Demokratik Respublikasining 5 ta yeri – Brandenburg, Meklenburg-Old Pomeraniya, Saksoniya, Saksoniya-Anxalt va Tyuringiya Germaniya Federativ Respublikasi tarkibiga qöşilgan. 

"Biz birga – Germaniyamiz" şiori ostidagi markaziy tadbirlar bu yil Mayntsda ötdi. Ayni vaqtda bu şahar federal yerlar vakillari palatasi – Bundesratda raislik qilmoqda va an'anaga köra bayram mezboni hisoblanadi. Bayram tadbirlarida Germaniyaning oliy siyosiy rahbariyati vakillari, jumladan prezident Frank-Valter Ştaynmayyer, kansler Angela Merkel, Bundestag raisi Norbert Lammert iştirok etdi.

"Germaniya birlaşişida bizga omad kulib boqqan va bu bizga mavjud muammolarni hal qiliş uçun kuç berişi lozim", deb aytdi Merkel öz nutqida. 

"Germaniya birdamligi kuni fikrimça, bizda bor eng ahamiyatli bayramdir", deb aytgan Reynland-Pfalts yeri boş vaziri Malu Drayyer.

Şaharda konsertlar, turli köngiloçar tadbirlar uyuştirildi. Bayram salyut bilan yakunlangan.

Bayram doirasida, şuningdek, Oçiq masjidlar kuni taşkillaştirildi. "Yaxşi qöşniçilik – eng yaxşi jamiyat" şiori ostidagi bu tadbir davomida butun mamlakat böylab mingga yaqin masjid musulmonlar hayoti va madaniyati bilan tanişmoqçi bölganlarga öz eşiklarini oçgan.