Iroq markaziy banki Iroq Kurdistoni hududiy hukumatini bu muxtoriyatning yetakçi 4 bankiga dollar sotişni töxtatişidan ogoh qildi. Bu haqda bankdagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Bundan taşqari, Iroq markaziy banki Iroq Kurdistoniga barça xorijiy valyuta ötkazilişini töxtatadi.
Avvalroq Iroq vakillar kengaşi (parlament) kurd hududi bilan barça moliyaviy operatsiyalarning muzlatib qöylişiga ovoz berişgani ma'lum qilingandi. Bundan taşqari, markaziy bankka bevosita muxtoriyatdagi hamda u yerda filiallariga ega bölgan bank tuzilmalariga valyuta sotiş taqiqlab qöyilgan.












