4 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12-yalpi majlisi bölib ötdi. Uning kun tartibiga 8 ta masala kiritilib, senatorlar dastlab “Özbekiston Respublikasi bilan Qirğiziston Respublikasi örtasidagi davlat çegaralari töğrisidagi şartnomani (Bişkek, 2017 yil 5 sentabr) ratifikatsiya qilişdi.

Şundan söng, Senat a'zolari “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni muhokama qilişdi va yakdillik bilan tasdiqlaşdi.
Mazkur qonunda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi, Özbekiston Respublikasi veterinariya qömitasi taşkil etilganligi tufayli yangi qonun bilan qator qonunçilik hujjatlari, xususan, 9 kodeks, önga yaqin qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritilişi belgilangan.

Bundan taşqari, 2017-2021 yillarga möljallangan Harakatlar strategiyasida fuqarolarning xususiy mulk huquqi kafolatlarini mustahkamlaşni kuçaytiriş belgilangan. Unda xususiy mulkni himoya qiliş va xususiy mulk obektlaridan samarali foydalanişni amalga oşiriş mexanizmini takomillaştiriş, jinoyat quroli yoki ma'muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanişda mulkdorning aybi bölmagan hollarda mulkni olib qöyiş (vaqtinçalik olib qöyişdan taşqari) va musodara qilişni taqiqlaş töğrisidagi qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş belgilangan.

Uşbu vazifada belgilangan yangi talablar Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasi va Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 27-moddasiga kiritilişi Qonun bilan belgilanmoqda.











