Norvegiyada sun'iy intellekt tomonidan boşqariluvçi elektr yuk taşuvçi kemasi işlab çiqiş işlari yakunlangani e'lon qilindi. Bu haqda Clean Electric ma'lum qilmoqda. «Yara Birkeland» deb atalgan kema Trondheymdagi 80 metrli SINTEF Ocean sinov uskunasida sinab köriladi.

Garçi tölaqonli kema hanuz ommaga körsatilmagan esa-da, bayonot çoğida uning massasi 2,4 tonna bölgan 6 metrli, kiçraytirilgan modeli namoyiş etildi. Kutilişiça, yakuniy ölçamdagi kema 2019 yil boşida sinovdan ötkaziladi va işlarni bajarişga kirişadi. Töliq avtonom faoliyat körsatişni boşlaş 2020 yilga möljallanmoqda. «Yara Birkeland»dan foydalana boşlaşgaç, u bir reysda Norvegiya janubida joylaşgan Porsgrunnadagi öğitlar zavodidan Breyvik va Larvik bandargohlariga 40 mingda yarimpritsepga joy böladigan yukni taşib bora oladi. Kema şu yöl bilan atmosferaga issiqxona gazlarining ajralib çiqişining oldini olişga katta hissa qöşadi.

Press-relizda xabar qilinişiça, «Yara Birkeland» Norvegiyaning Marin Teknikk injyenerlik-konstruktorlik kompaniyasida loyihalaştirilgan. Kiçraytirilgan modelini yasaşda haqikiy kemadagi singari texnologiyalardan foydalanilgan, hattoki KONGSBERG rul boşqaruvi işçi tizimi ham. Kompaniya şuningdek kemaning elektr yuritiş tizimini yasagan, akkumulyator tizimlari va avtonom tizimli datçik bilan ham ta'minlagan.

Kema qayerda qurilişi haqidagi qaror jamoatçilik muhokamasiga 2017 yil söngiga qadar olib çiqiladi. Norvegiyaning ENOVA davlat kompaniyasi 133 mln. krona (16,7 mln dollar) investitsiya qilib, loyihani qöllab-quvvatlaşini ma'lum qilgan. Agar «Yara Birkeland» muvaffaqiyat qozonadigan bölsa, Norvegiya tomonidan iqlimni saqlaşga doir majburiyatlarni bajarişga katta hissa qöşgan va xalqaro dengiz qatnovlarida yangi davrni boşlab bergan böladi.

Norvegiya kemasiga raqobatçi sifatida yaponlar tomonidan yasalayotgan kema körilmoqda. Kunçiqar yurt vakillari tomonidan boşqaruvçisiz harakatga keladigan yuk kemasi Tinç okeanini 2019 yilda kesib ötişi kutilmoqda.