Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Rossiya energetika haftaligi» forumida amerikaliklar prezidenti Donald Tramp bilan «amalda heç qanday munosabatlarga ega emasligi» haqida gapirdi.
«Şaxsiy aloqalar yöq. Biz faqat bir marta uçraşdik. Telefon orqali bir neça marta turli mavzularda gaplaşdik. Masalan, Suriya masalasida», — deya qayd etgan prezident uning AQŞ rahbari bilan munosabatlari qay tariqa rivojlanişi xususidagi savolga javoban.
U şuningdek, Rossiya va AQŞ Suriya mavzusida köplab liniyalar böyiça hamkorlik qilişini qöşimça qilgan.
«Davlatlar örtasidagi munosabatlar holatini esa özingiz körib turibsiz. Ular Qöşma ştatlarning içki siyosiy vaziyat asiriga aylanişdi. Men bu haqda köp gapirdim. Alohida kuçlar Rossiya-Amerika munosabatlaridan Amerikaning içki muammolarini hal etişda foydalanmoqda. Biz Qöşma ştatlarning içki siyosatidagi bu jarayon yakunlanişini kutmoqdamiz», — degan Putin.
Biroz oldinroq AQŞning Rossiyadagi sobiq elçisi Tomas Pikering Tramp Vaşington va Moskva munosabatlari ahamiyatini juda yaxşi bilişi haqida aytgandi.
Putin va Tramp 7 iyun kuni Hamburgda «Katta yigirmatalik» sammiti doirasida ilk marta uçraşişgandi.












