Özbekiston Senatining 4 oktabr kuni iş boşlagan 12-yalpi majlisida «Özbekiston Respublikasi bilan Qirğiziston Respublikasi örtasidagi davlat çegaralari töğrisidagi şartnomani (Bişkek, 2017 yil 5 sentabr) ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonun körib çiqildi.

ÖzA xabar berişiça, qonun senatorlar tomonidan ma'qullangan.

«Mazkur qonun Prezident Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga sentabr oyida amalga oşirgan davlat taşrifi davomida imzolangan Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi davlat çegaralari töğrisidagi şartnomani hayotga tatbiq etiş maqsadida işlab çiqilgan», — deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilişiça, «Senat yalpi majlisida bu tarixiy hujjatning ratifikatsiya qilingani özbek va qirğiz xalqlarining özaro aloqalarini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi».