Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada «Jabhat an-Nusra» taşkiloti qömondonlari joylaşgan hududga hujum uyuştirdi. Vazirlik ma'lumotiga köra, terrorçi taşkilot qömondonlari öldirilgan.

«Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan ötkazilgan maxsus amaliyot çoğida «Jabhat an-Nusra»ning 12 qömondoni öldirildi. Şuningdek, 50 nafarga yaqin qöriqçilar yöq qilingan. Halok bölgan qömondonlar orasida taşkilot rahbari Abu Muhammad al-Julyaniyning eng yaqin yordamçisi, taşkilotning xavfsizlik xizmati rahbari Ahmad al-Gizaiy ham bor», — deya ma'lumot bergan vazirlik rasmiysi, general-mayor Igor Konaşenkov.

Al-Julyaniyning özi esa hujum vaqtida oğir jarohat olgan, u qölidan ayrilgan.