Iste'foga çiqarilgan murabbiy faoliyatini örganişda, uning sönggi emas, dastlabki qarorlarini tahlil qiliş kerak. Balki u xatoni eng boşida, mana şu klubni tanlayotganda qilgandir?..
«Bavariya» italiyalik mutaxassis Karlo Ançelottini iste'foga çiqardi. Doimo bunday voqealar sodir bölganda, vaziyatni klub tomonidan tahlil qilinadi va tayinlovning ne qadar töğri va notöğri bölgani haqida fikrlar yangraydi. Lekin öz navbatida, har qanday iste'fo murabbiy uçun ham juda muhim nuqtadir.
Klub uçun boş murabbiy tanlaş qay darajada mas'uliyatli va muhim iş bölsa, murabbiy uçun ham şunaqa – özi uçun klub tanlayotganda juda ehtiyotkor bölişi talab etiladi. Muvaffaqiyatli murabbiy bölişning asosiy kaliti ham şunda – agar mutaxassis unga taklif qilinayotgan vazifaning özi uçun qançalik mos yoki mos emasligini payqay olsa, şunga qarab qaror qabul qiladi, tabiiyki, uning faoliyati ham mana şu qarorlar ustiga quriladi. Doimo töğri qarorni qabul qiladigan murabbiy heç qaçon omadsizlikka uçramaydi, göyoki işlagan hamma joyida ğalaba qozongandek taassurot qoldiradi, narxi oşadi, top murabbiylar sirasiga kirib boradi.
Doimo xuddi mana şunday barqaror va ijobiy natijalarning kafolati sifatida tilga olinib kelgan Karlo Ançelotti işlagan sönggi 4 klubidan 3tasida muddatidan oldin iste'foga çiqarilişi, albatta, biroz ğalati tuyuladi. Papa Karlo ilgarigidek emasmi yoki tanlovlarda xato qila boşladimi? Aynan tanlovlardagi xatoliklar uning ilgarigidek emasligini körsatmayaptimi? Yoki aslida u aynan Italiya jamoalari uçun mos bölgan xolosmi?
Aslini olganda, Ançelottini iste'foga çiqargan öşa 3 klub örtasidagi özaro öxşaşliklarni topa olsak, murabbiyga xalaqit beradigan omilni topgandek bölamiz: «Çelsi», «Real» va «Bavariya».
«Çelsi», 2009-2011

«Yuventus» va «Milan»dagi muvaffaqiyatli yillardan söng, Ançelotti 2009 yilda «Çelsi» boş murabbiyi etib tayinlandi. Murabbiy ilk mavsumdayoq «Mançester Yunayted»ning 3 yillik hukmronligiga barham berdi va «Çelsi»ni yana mamlakat çempioniga aylantirdi. Şu bilan birga mamlakat kubogi ham qölga kiritildi. Ammo kelasi yili, sovrinsiz keçgan ilk mavsumdayoq u iste'foga çiqarildi. Abramoviçning murabbiylar bilan öziga xos munosabati yangilik emas, lekin ikkinçi mavsumda ham ajoyib start namoyiş etgan Ançelottiga nima xalaqit bergandi?














