Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov 3 oktabr kuni Toşkentda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB)ning Markaziy Osiyo va Rossiya böyiça boşqaruvçi direktori Natalya Xanjyenkova boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uçraşuvda Özbekiston va YeTTB örtasidagi hamkorlik kun tartibi şakllanişini nihoyasiga yetkaziş istiqbollari hamda bankning Toşkent şahrida vakolatxonasini oçilişining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

YeTTBning Özbekiston böyiça 5 yillik Strategiyasi loyihasi ustidagi işning borişi, şuningdek, Toşkent şahrida bölib ötadigan Xalqaro investitsiya forumi va «Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: strategik istiqbollar va tatbiq etilmagan imkoniyatlar» konferensiyasida bankning iştirok etişi yuzasidan fikr almaşildi.