3 oktabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp «Mariya» dovulidan jabr çekkan Puerto-Rikoga keldi. Karib dengizi hududidagi uşbu orol aholisi — amalda AQŞ fuqarolari hisoblanişadi.
Qöşma Ştatlar prezidenti mahalliy hukumat rahbarlari bilan uçraşuv vaqtida ular talofat miqdori kamligi bilan «faxrlanişi» mumkinligini aytgan (öşa vaqtda 16 kişi bölgan, ayni vaqtga kelib tabiiy ofat qurbonlari soni 40 nafarga yaqinlaşdi), u bu örinda 2005 yilgi «Katrina» töfoni 1833 kişini hayotdan olib ketganini eslatgan.
Tramp brifing vaqtida ham, undan keyin ham puerto-rikoliklarni kamsitgan. Brifing vaqtida u şunday degan: «Sizlar byudjyetga zarar yetkazdingiz, ammo heçqisi yöq».

Tramp brifingdan keyin çerkovda mahalliy aholi vakillari bilan uçraşgan. «Bu yerda köp sevgini, köp-köp sevgini körmoqdaman», — degan u jabrlanuvçilarga gumanitar yordam mahsulotlari tarqatişni boşlar ekan.
Avvaliga prezident yiğilganlarga bir neça paketda guruç bergan, keyin mahsulotlarni tarqatişda noodatiy usulni qöllagan: u qoğoz salfetkalarni odamlar ustiga irğita boşlagan.
The Hill naşrining qayd etişiça, odamlar u irğitgan salfetkalardan faqat ikkitasini ilib olişgan, qolganlari polga tuşgan.
Ijtimoiy tarmoqda Trampni basketbolçi Kobi Brayant bilan taqqoslaşa boşladi.
BuzzFeed Trampning Puerto-Rikoga ilk taşrifi haqida şunday yozdi:
Trampning Puerto-Rikoga taşrifi
1) Odamlar ustiga qoğoz salfetkalar irğitiş;
2) «Mariya» «Katrina» bilan taqqoslaganda qörqinçli emas;
3) Elektr tokisiz qolgan oilani yupatiş uçun «Vaqtni yaxşi ötkazing», deyiş.
«Mariya» dovuli Puerto-Rikoga 20 sentabr kuni yopirildi. Tabiiy ofat kuçlilik darajasining eng yuqori — beşinçi bosqiçiga çiqdi. Aholi içimlik suvi va elektr tokisiz qolgan. Orolda aloqa vositalari işlamayapti, yonilği tugamoqda. Aeroport çeklangan imkoniyatlar bilan işlamoqda. Vaziyat mahalliy byudjyetda mablağ kamligi tufayli oğirlaşmoqda.












