Gollandiyaning ING banki prognoziga köra, 3D-bosmaning rivojlanişi jahon savdosining 40 yildan keyin inqirozga uçraşiga olib keladi. Transçegaraviy yetkazişlar ançagina qisqaradi, çunki barça butlovçi qismlarni bir joyda bosiş mumkin böladi.
Bank quyidagiça savol bilan yuzlandi: 3D-bosma jahon savdosiga xavf soladimi? Javob esa ijobiy böldi. Bundan asosiy xulosa şuki, yaqin 40 yil içida 3D-bosma jahon savdosining 25 foizga qisqarişiga olib keladi. Printerlar katta qayişqoqlik va aniqlikni beradi. Bu soha töğri rivojlantirilganda printerlar xorijiy yetkazuvçilarning ança qismining örnini bosişi mumkin. Ekspertlarning fikriça, 40 yildan keyin jahonda işlab çiqarilgan barça buyumlarning yarmi 3D-printerdan bosib çiqariladi.
Bugungi kunda kam korxonalar işlab çiqarişda 3D-bosma usulini qöllaşiga qaramasdan, bank bu sanoatni 6 mlrd dollarga baholamoqda. Sarmoyalar, yangi loyihalar va sanoat bilan boğlangan yirik kompaniyalar hisobiga bank yaqin kelajakdagi bu sohaning jadal ösişini başorat qilmoqda.
Bank mutaxassislarining yozişiça, har bir sohada özining 3D-texnologiyalari yaratiladi. Avtomobilsozlikda özining, oğir sanoatda özining printerlari böladi. Bunday kirib boriş, ma'lum muhitga sozlana oliş mumkinligi 3D-bosmaga yanada rivojlanişga imkon beruvçi uning asosiy ustunligidir.
Bugungi kunda 3D-bosma yetib bormagan soha qolmadi. Printerlar yordamida binolar, kema, suv osti kemalari qismlari bosib çiqarilmoqda. Undan tibbiyotda keng foydalanilmoqda, çunki bu printerlar dorilarni va hattoki töqima va organlarni bosiş imkonini beradi. Nafaqat suyaklar, balki printer tomondan yaratilgan inson yuragining birinçi namunalari ham allaqaçon mavjud.

















