Xitoylik şifokorlar mikrotiya bilan tuğilgan, ya'ni tuğma quloq çanoği rivojlanmay qolgan 5 bolaga yangi quloqlar östirişdi. Ular buning uçun toğay hujayralaridan foydalangan holda uç ölçovli biobosma texnologiyasini qöllaşdi.   

5000 kişidan bir kişida uçrovçi mikrotiya quloq çanoğining tuğma rivojlanmay qolişi bölib, u köpinça osiyolik va amerikalik hindularda uçraydi. U odatda öng quloqqa şikast yetkazib, eşitiş qobiliyatining yöqolişiga olib keladi. Bu nuqsonni asos sifatida qovurğa toğayini olib yoki plastikdan çanoq yasab, plastik jarrohlik yöli bilan töğirlaş mumkin.

Biroq xitoylik mutaxassislar noan'anaviy yöldan borişga qaror qilişdi. Ular kompyuter tomografiyasi va 3D-bosma yordamida soğlom quloqning uç ölçovli strukturasiga ideal mos keladigan karkas yaratişdi. Har bir karkas Spectrum Z510 printerida bosilgan, söngra biomaterial uçun bir neçta qolip yasalgan. 

Har bir qolip içiga bemorlarning mikrotiyadan şikastlangan quloqlaridan tirik hujayralar – xondrotsitlar joylaştirildi. Yangi quloq ösişi 3 oy vaqt olgan. Şundan keyin har bir karkas bemor quloği şakliga kirgaç, bemorlarga köçirib ötkazilgan. 

Olingan natijalarni deyarli muvaffaqiyatli desa böladi. 5 boladan 4 nafarida yarim yildan keyin aniq toğay şakllanişining alomatlari paydo bölgan, 3 nafarida yangi quloq çanoği şakli va ölçami soğlom quloqlarniki bilan bir xilda bölgan. Afsuski, 2 nafar bolada biroz deformatsiya kuzatilgan, şu sababli uşbu jarayonni töliq xavfsiz va sinovdan ötgan, deb hisoblab bölmaydi.

Xitoylik olimlar kamçiliklarga qaramay, olğa borib, bu yönalişda keyingi tadqiqotlar ötkaziş zarurligini aytişmoqda. “Umuman olganda, biz öziga xos quloq çanoqlarini yaratiş, tayyorlaş va tiklay olişimizga şohid böldik”, deb aytgan olimlar.