Yetti yoşligimdan juda ajoyib xotiralar saqlanib qolgan va men xuddi keçagidek har bir voqeani köz oldimda jonlantira olaman. Men oilam bilan boğliq bu xotiralarni eslaganimda birdaniga tanamga iliqlik yuguradi.
Men endigina haqiqiy futbol bilan şuğullanişni boşlagandim. Avvalroq men faqat Madeyra köçalarida bolalar bilan futbol öynardim. Bilasizmi, «köça» deb men rostanam «köça»ni nazarda tutyapman, böş maydonni emas, sababi, rostdan ham, har maşina ötganida biz öyinni töxtatib turar va «stadion»imiz böşaşini kutardik. Menga bu öyinlar juda yoqardi, lekin otam CF Andorinha muxlisi bölgan, meni bolalar jamoasiga borişni istardi. Bu bilan otam ğururlanişini bilardim va men şunday qildim ham.
Birinçi kundan şu qadar köp qoidalar haqida gapirişdiki, köpini tuşunmasam ham, menga yoqdi. Menga maşğulotlarning taşkil etilişi, ğalabalarga bölgan intiliş yoqqandi. U bizning har bir öyinimizni maydon çetidagi tösiqlar ortidan tomoşa qilar, menimça, mazza qilardi. Onam va opam esa, futbolga umuman qiziqmas edi.
Har kuni keçki ovqat paytida otam ularni bezor qilib yuborardi – mening qanday öynaganim, qanday gol urganim va hokazolarni aytib berardi u. Otam futboldagi birinçi agentim bölgan, desam ham böladi. Esimda, futboldan qaytiboq otam «Kriştianu gol urdi» deb hayqirib kirib kelar, ular esa «O, munça yaxşi» deb ham qöyişmasdi. Ularni rostan ham futbol umuman qiziqtirmasdi, işonasizmi?
Boşqa kuni «Kriştianu ikkita gol urdi!». Baribir öşa manzara, men nimayam qilardim, jimgina gol urişda davom etardim xolos.
Bir kuni dadam kelib qat'iyan dedi: «Kriştianu bugun uçta gol urdi. U ajoyib öyin körsatdi, sizlar ham biror kun men bilan birga borib, tomoşa qilişlaring kerak».
Lekin baribir, har gar futbol öynayotganimda öşa otam turadigan tomonga qarar va uning yolğiz ekanini körardim. Ammo bir kuni, men bu kunni unutmayman, çigalyozdi maşğulotlarni qilayotib qarasam, onam va opalarim tribunada men tomonga qarab ötirişardi. Qanday tuşuntirsam ekan, yöq ular göyoki futbol tomoşa qilayotgandek emasdilar, bir-birlarini pinjilariga kirib ötirib olişgan va faqat men tomonga qarab qöl silkitişardi. Ular qarsak ham çalişmas, maydonda nima bölayotganini tuşunişmas, göyoki qandaydir parad yoki bayramda meni körib qolgandek ötirişardi. Şunday bölsa-da, ular şu yerda edilar va menga şu kifoya edi.
Men özimni juda yaxşi his qilgandim öşanda. Men uçun bu katta narsa edi. Xuddiki, içimga bir narsa kirib olgandek böldi. Menimça, bu faxr tuyğusi bölgan. Biz boy emasdik, pulimiz köp bölmagan. U paytlarda Madeyradagi hayotimiz köproq yaşaş uçun kuraşni eslatardi. Men akam sovğa qilgan yoki xolavaççalarimdan qolgan eski etikda futbol öynardim. Ammo bilasizmi, yoş bolalarga pul kerak emas. Bolalar qandaydir hissiyotlar oğuşida yaşaydi va ular uçun eng muhimi şu. Aynan mana şunday hissiyot öşa kuni menda juda kuçli bölgandi – men özimni himoyalangan va sevimli his qildim. Portugal tilida biz buni menino querido da família (oilaning suyukli farzandi) deb ataymiz.
















