JÇ-2018 saralaş bosqiçi Yevropa mintaqasida musobaqalarda iştirok etayotgan Qozoğiston terma jamoasi navbatdagi uçraşuvni ötkaziş uçun Ruminiyaga yetib keldi.

Ahamiyatli tomoni, Qozoğiston terma jamoasi Ruminiyaga qilgan parvozini «Özbekiston havo yöllari» samolyotida amalga oşirdi. Bu qozoğistonlik internet foydalanuvçilarining turli hazillariga sabab böldi.

Fanatik.kz sayti «Qozoğiston terma jamoasi yoki Özbekiston» nomli xabarida bunga hazilomuz izoh qoldirdi:
«Ayyorona yuriş: terma jamoamiz ruminiyaliklarni çöçitiş uçun özidan kuçliroq raqib qiyofasiga kirib oldi».

Eslatib ötamiz, Qozoğistonning Ruminiya terma jamoasiga qarşi uçraşuvi 5 oktabr kuni bölib ötadi.