Angliyaning «Vest Hem Yunayted» klubi sobiq boş murabbiyi Slaven Biliç Qozoğiston terma jamoasini boşqarişi mumkin. Bu haqda Kazfootball naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, xorvatiyalik mutaxassisning agentlari Qozoğiston futbol federatsiyasi vakillari kelgusidagi hamkorlik böyiça muzokaralar olib bormoqda.

Gap Biliç bilan tuziladigan 2 yillik şartnoma borasida bormoqda. 49 yoşli mutaxassis terma jamoani Yevropa çempionatiga olib çiqiş uçun urinib körişi kerak böladi. Hozirça bu borada boşqa xabarlar tarqatilmagan.

Biliç «Vest Hem» boş murabbiyi sifatida 2015 yildan 2017 yilga qadar iş olib borgan, şundan söng yomon natijalari sabab iste'foga çiqarilgandi. 

Eslatib ötamiz, Özbekiston futbol federatsiyasi ham dekabr oyida e'lon qilgan xabarida Slaven Biliç bilan muzokaralar olib borilayotganini xabar qilgandi. Şundan söng bu borada boşqa ma'lumotlar berilmagan.