Eyndxoven texnika universiteti professori infraqizil nur yordamida ma'lumotlarni uzatişning yangi usulini taqdim qildi. Bu usul Wi-Fi yoki hattoki 5Ğdan ham ança samaraliroqdir.

Yangi tizimda ma'lumotlarni uzatişda infraqizil antennalar qöllanadi. Bu antennalar körinmas nurlarni ulangan qurilmalarga yönaltiradi. Bunday boğlaniş tezligi soniyasiga 112 Gb ga yetişi mumkin. Bunda kanal qurilmalar örtasida taqsimlanmay, har bir gadjyet bir xil tezlikda işlaydi. Wi-Fi esa qurilmalar örtasida taqsimlanadi va şu sababli uning tezligi pasayadi.
"Infraqizil" internet modeli nur manbai va qurilmaning özidagi optik qabul qilgiçdan iborat. Infraqizil nur manbai özidan optik tolalar tutami va signalni qurilmaga aniq yönaltiruvçi linzani aks ettiradi. Smartfon yoki planşetda keng burçakli linza va optik signalni raqamlisiga aylantiruvçi fotodiodlardan iborat qabul qilgiç örnatilgan bölişi lozim.
Hozirça olimlar infraqizil nur bilan ma'lumotlarni orqaga uzatişning yölini topa olmadilar. Buning uçun Wi-Fi qöllanadi. Biroq odatda qurilmalar qabul qilganidan köra kamroq ma'lumotlarni jönatişi sababli bu katta muammo bölmasligi kerak, deb yozmoqda Spectrum sayti.
Wi-Fi IQ-nur manbai signalni aniq yönaltirişi uçun qurilmaning fazodagi örnini aniqlaş uçun qöllanadi. Agar foydalanuvçi xonani tark etsa, tizim avtomatik ravişda boşqa manbaga ulanadi. Hozirça uşbu ixtiro muallifi professor Tom Kunen uşbu texnologiyani ommaga çiqariş rejasi haqida heç narsa demayapti.











