Oq uy çorşanba kuni Kongressga bu yil Amerika Qöşma Ştatlariga yopirilgan Harvey, Irma va Mariya dovullari tufayli jabr körgan hududlarga yordam beriş uçun federal byudjyetdan 29 milliarddan köproq mablağ ajratiş uçun rasmiy talabnoma jönatdi. Bu haqda prezident Donald Trampning ma'muriyati vakili xabar qilgan.

"Ha, biz falokatdan söng yordam beriş fondiga 12,77 milliard dollar, suv toşqinidan jabrlanganlarga suğurta pullarini tölaş uçun 16 milliard dollar va örmon yonğinlariga qarşi kuraşni moliyalaştiriş uçun 577 million dollar talab qildik", - degan u.

Jami 29 milliard dollardan 16 milliardi suv toşqini oqibatida uylaridan ayrilgan davlat dasturi iştirokçilarga suğurta pullarini tölab berişga ketadi. Endilikda ular davlatdan pul kompensatsiyasini oliş huquqiga ega, ammo hozirda dasturni amalga oşiriş uçun ajratilgan byudjyet deyarli tugadi.

Qolgan 13 milliard dollar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etiş bilan bevosita şuğullanuvçi Favqulodda vaziyatlar böyiça federal boşqarmaga möljallangan.

Biroq, bu 29 milliard dollar federal byudjyetdan jabrlanganlarga yordam berişga yönaltirilgan sönggi tranş emas. Oq uydan qayd etişganidek, bu yil önlab milliard dollar, asosan, turar-joy binolarini tiklaş uçun talab qilinadi. Bundan taşqari, Puerto-Rikoda butun elektr tarmoğini qayta tiklaş lozim.

"Harvey" dovulidan Texas birinçi örinda sezilarli darajada ziyon kördi. "Irma" va "Mariya" esa Karib mintaqasi böylab zarba berib, Florida qirğoqlariga ham zarar yetkazdi.