Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDRning avvalgi rahbari Kim Çen Irdan 2000-yillar boşidayoq bu mamlakatning atom bombasi yaratişga muvaffaq bölganini eşitgandi. Bu haqda Rossiya prezidenti «Rossiya energetika haftaligi» forumida gapirdi.
Putinning qayd etişiça, ötgan vaqt davomida Ğarb mamlakatlari Pyongyangga sanksiyalarni kuçaytirib keldi, ammo bu çoralar mamlakat rahbariyatini yadroviy qurollanişdan qaytara olmadi, aksinça, bu mamlakat öz yadroviy imkoniyatlarini yanada takomillaştirdi.
«Şimoliy Koreya — ön yillik sanksiyalar şaroitida yaşab kelayotgan kiçik mamlakatmi? Nima bölibdi? 2001 yilda men Yaponiyaga boriş yölida Şimoliy Koreyada töxtagan va bu mamlakatning hozirgi rahbarining otasi bilan uçraşgandim. U öşanda menga ularda atom bombasi borligini aytgandi.
Yana bir gap: u öşanda zamonaviy artilleriya tizimlari orqali şimoliy koreyaliklar Seulgaça yetib bora olişi mumkinligini ma'lum qilgandi. Bu 2001 yilgi gaplar. Hozirda esa ularda atom bombasidan taşqari vodorod bombasi ham bor, oddiy artilleriya tizimlari örniga — örta masofaga harakatlanuvçi raketalar... Sanktsiyalar nimaga tösqinlik qila oldi? Bu muammolarni hal etadigan çorami?», — degan Putin.












