Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Suriyada jangarilarni tor-mor etiş böyiça hamkorlikda olib borilgan iş samarali yakunlanişi haqida gapirdi.

«Men işonamanki, biz yakunda «Jabhat an-Nusra»ni va IŞIDni birgalikda mağlub etmiz», - degan u «Rossiya energetika haftaligi» tadbirida.

«Bizda hammani birlaştiruvçi jihat bor, endi esa bahs mavzusi bölgan narsalarga taqalmasdan, umumiy manfaat yölida birlaşiş kerak, şunda bizni muvaffaqiyat qarşi oladi», — degan Putin.

Rossiya prezidenti şuningdek, RF Eron va Saudiya Arabistoni Suriyadagi vaziyat böyiça yakdil emasligiga e'tibor qaratgan.

«Agar murosaga keliş uçun yöl qidirsang va hamma uçun ma'qul qarorlar qabul qilinsa, vaziyat öz-özidan barqarorlaşadi», - deya qayd etgan u.

U murosa haqidagi gapini izohlar ekan, Suriyada tuzilgan eskalatsiyadan xoli hududni misol qilgan. 

«Bu barça tomonlar olib borgan iş samarasidir», degan u.

Boşlovçi RF prezidentiga Saudiya Arabistoni bilan munosabatlar mustahkamlanayotgani fonida Suriyadagi mojarolar nihoyalangaç, Rossiya u yerdagi vaziyatni qanday tasavvur etayotgani haqida, Suriyadagi ziddiyatlar tugagaç, Rossiya Saudiya Arabistoniga eronlik harbiylar Suriyadan çiqib ketişiga kafolat bera oladimi, deya savol berdi.

Putinning ta'kidlaşiça, mamlakat öz yölini özi belgilab olmoği lozim, «bu uşbu davlat xalqining suveren huquqi». «Bu narsa tölaligiça Eronga ham taalluqli. Biz doimo har qanday davlatning suvereniteti, içki va taşqi siyosatiga hurmat bilan qaraganmiz. Eron bizning qöşnimiz, azaliy hamkorimiz, biz buni qadrlaymiz va Eronning milliy manfaatlariga hurmat bilan qaraymiz, biroq milliy manfaatlar Rossiyada ham, Turkiyada ham, Saudiya Arabistonida ham bor», — dedi Putin.