AQŞning kasalliklarni nazorat qiliş va ularning oldini oliş markazi (CDC) mutaxassislari AQŞda aniqlangan barça saratonga uçraşlardan 40 foizi semizlik yoki ortiqça vaznning paydo bölişiga olib keluvçi boşqa sabablarga köra çaqirilganini aniqlaşdi. Şu tariqa, soğlom hayot tarziga amal qiliş yomon sifatli ösimtalar oldini olişning asosiy yöli hisoblanar ekan. Bu haqda MedicalXpress saytida ma'lum qilindi.
Tadqiqotda saratonga uçragan 630 ming amerikalik iştirok etgan. Olimlar semizlik va 13 turdagi yomon sifatli ösimta, jumladan miya, qizilöngaç, kökrak bezi, qalqonsimon bez, siydik pufagi, oşqozon, jigar, oşqozon osti bezi, buyraklar, tuxumdonlar, baçadon, yöğon içak saratonlari va miyeloma örtasidagi boğliqlikni aniqlaşgan. Bu saraton turlari AQŞda 2014 yilda qayd qilingan barça saratonga uçraşlarning 40 foizini taşkil qilgan.
Semizlik bilan boğliq bölgan saraton holatlari miqdori 2005 yildan 2014 yilgaça 7 foizga oşgan. Yöğon içak saratoniga çalinganlar soni 23 foizga kamaygan, bu esa saratonoldi holatlarining erta diagnostikasi bilan boğlangan.
CDC mutaxassisi Liza Riçardsonning aytişiça, vaznning kamayişi yomon sifatli ösimtalar paydo bölişi xatarini kamaytirişi mumkin.











