Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 yildagi 736-son “Davlat tibbiyot taşkilotlarining tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlaş, ularning malakasi va kasb könikmalarini oşirişni samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bergan.
Davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tizimi takomillaşmoqda. Xususan, tanlov asosida tanlab olingan tibbiyot xodimlarimiz markazlaştirilgan holda yetakçi xorijiy tibbiyot va ilmiy muassasalarga yuboriladi.
Şu vaqtda, Özbekistonga malakali xorijiy tibbiyot mutaxassislari mahorat saboqlarini ötkaziş hamda mamlakatimiz tibbiyot xodimlarini tibbiy yordam körsatişning zamonaviy texnologiyalari böyiça öqitiş uçun jalb qilinadi. Qisqa muddatli mehnat şartnomalari böyiça jalb etişda ularni mehmonxonalarga joylaştiriş qabul qiluvçi taraf tomonidan taşkil etiladi. Şuningdek ularga MBning tölov kunidagi kursi böyiça 20 AQŞ dollari ekvivalentida har kunlik norma böyiça sömda sutkalik pul tölanadi.
Ta'riflangan jarayonlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan (Soğliqni saqlaş vazirligi takliflariga asosan) har yili tasdiqlanadigan Reja-jadvalga muvofiq amalga oşiriladi.
Tibbiyot xodimlari xorijda malaka oşiradi
15:45 / 05.10.20178 4882 min












