Anqara, Tehron va Boğdod Iroq Kurdistoni siyosatiga qarşi çora köriş maqsadida uç tomonlama mexanizmni yaratdi. Bu haqida payşanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan bergan ma'lumotga asoslanib, NTV xabar berdi.
"Uç mamlakat birgalikda Iroq Kurdistonidagi neft quvuri liniyasini yopişga doir qaror qabul qiladi", - dedi u.
Turkiya va Eron ularning hududi orqali eksportga ketuvçi kurd neftini olişadi. 25 sentabr kuni Iroq Kurdistonidagi mustaqillik töğrisidagi referendumdan keyin Anqara Erbilga qarşi sanksiyalar joriy qilişini e'lon qilgan. Kirkuk-Jyeyxan quvurlar liniyasidagi neft oqimini töxtatiş ana şunday çoralardan biri hisoblanadi.
Iroq hukumati keskin qarşilik qilgan Iroq Kurdistoni mustaqilligiga doir referendum 25 sentabrda bölib ötdi. Referendum va saylovlar böyiça Kurd Oliy mustaqil saylov komissiyasi ma'lumotlariga köra, referendumda iştirok etganlarning 90 foizdan ortiği Iroqdan ajralib çiqiş istagini bildirgan. Erbilda refrendum yakunlarini ikki yilga muzlatiş va ziddiyatlarni hal qiliş uçun Boğdod bilan muloqotga kirişişga tayyorlik haqida ma'lum qilişdi. Federal hukumat referendum natijalari bekor qilinmagunga qadar muzokaralardan voz keçdi.












