2017 yil 4 oktabr kuni Toşkent şahrida Oliy Majlis Senatining 12-yalpi majlisi ötkazildi. Unda majburiy mehnatga yöl qöymaslik yuzasidan «Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga doir çora-tadbirlarni kuçaytiriş töğrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilindi. Özbekiston Qişloq va suv xöjaligi vaziri örinbosari, qişloq xöjaligi ilmiy-işlab çiqariş markazi boş direktori Şuhrat Teşayev senatorlarga bu borada amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan axborot berdi.

«2016 yil hosilidan boşlab kelgusi 5 yil davomida paxta maydonlarini 185 ming gektar yoki 14,5 foizga qisqartiriş közda tutilgan. Uşbu paxtadan böşagan maydonlarga, sabzavot, poliz, yem-xaşak moyli va dukkakli ekinlar va kartoşka ekiş hamda intensiv boğlar va tokzorlar barpo etiş rejalaştirilgan. Natijada 2020 yilga kelib, meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz ekinlarini yetiştirişni kamida 2,3 baravarga oşirişga erişiladi. 3 yil mobaynida qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiliş 3 baravar oşişi ta'minlanadi», — degan vazir örinbosari.