Yevropa Ittifoqi rasmiylari AQŞning Amazon kompaniyasiga 250 million yevro miqdorida jarima tölaşi lozimligini belgilab qöyişdi. Ma'lum qilinişiça, kompaniya avval soliqlarni tölaşdan qoçgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Raqobat masalalari böyiça yevrokomissar Margret Vestagerning xabar qilişiça, Lyuksemburg hukumati Amazon’ga noqonuniy soliq imtiyozlarini taqdim etgan.
«Lyuksemburg Amazon’ga noqonuniy soliq imtiyozlarini taqdim etgan. Natijada kompaniya YeIda işlaş davrining qariyb uç çoragida olingan daromadlardan soliqlar tölamagan. Amazon mahalliy kompaniyalar tölaydigan soliqlardan tört marotaba kamroq soliq tölaş imkoniyatini olgan. YeIga a'zo davlatlar transmilliy guruhlarga boşqa kompaniyalarga berilmaydigan soliq imtiyozlarini taqdim etişga haqi yöq», - dedi yevrokomissar.
Lyuksemburg va Amazon örtasida soliq bitimi 2003 yilda imzolangan.












