Argentina 2018 yilgi jahon çempionatiga saralaş bosqiçi doirasida Peru darvozasini işğol eta olmadi (0:0).
Xorxe Sampaoli şogirdlari turnirning 4 öyinida gol ura olmayapti, ular bu öyinlarda yöllagan 73 zarbaning birontasi golga aylanmagan (21ta zarba – darvozaga aniq borgandi). Oldingi turda Venesuela bilan öyinda (1:1) raqiblar futbolçisi avtogol muallifi bölgandi.
Argentina oxirgi marta 25 mart kuni Çili darvozasini işğol qilgandi, öşanda Lionel Messi jamoaga 1:0 hisobidagi ğalabani keltirgandi.
Keyin Argentina Boliviya bilan öyinda yutqazdi (0:2), Urugvay bilan durang öynadi (0:0).












