Özbekiston Kubogi yarim final javob uçraşuvida Samarqandning «Dinamo» klubi Toşkentning «Bunyodkor» klubini qabul qildi. Uşbu jamoalarning 21 sentabr kuni ÖzPFL 22-turi doirasida Samarqandda bölib ötgan uçraşuvi 0:2 hisobida «qaldirğoçlar»ning ğalabasi bilan yakunlangan edi.
Öşa öyinning 5-daqiqasida Rustam Aşurmatov 45 metrlardan «arslonlar» jamoasi darvozasini bexato nişonga olib, juda çiroyli gol muallifi bölgan, yakunda dublga erişgan edi.
Bugungi öyinda ham «Bunyodkor» juda kam kuzatiladigan gözal gol urdi. Birinçi bölim yakunlanib borayotgan bir paytda «qaldirğoçlar» jamoasi boş murabbiyi Mirjalol Qosimovning öğli Mirjamol Qosimov burçak töpini heç kimga tekkizmasdan Temur Jörayev qöriqlayotgan darvozaga yölladi.
Bungaça 19-daqiqadan Şohrux Gadoyev özining çap qanotidan yorib kirib, «Dinamo» jarima maydoniga töpni havolatgan, Otabek Şukurov esa boşi bilan gol urib, öyindagi hisobni oçgan edi.
Bugungi uçraşuv ham «Bunyodkor»ning 0:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. «Dinamo» 12-öyindirki, raqib darvozasiga yöl topa olmayapti. «Bunyodkor» esa «Nasaf» va «Lokomotiv» jamoalari örtasida ertaga bölib ötadigan yarim final javob uçraşuvidan keyin özining finaldagi raqibini bilib oladi. Birinçi öyinda «temiryölçilar» 3:1 hisobida ğalaba qozonişgan.
Özbekiston kubogi-2017.
Yarim final, javob uçraşuvi
«DINAMO» - «BUNYoDKOR» 0:2 (0:2)
Gollar: Otabek Şukurov (19), Mirjamol Qosimov (45)
Birinçi öyin — 0:0.
«Dinamo»: T.Jörayev, A.Bozorov, J.Azimov, R.Rogak, Ş.Xolmatov, A.Nikolayev (S.Sulaymonov, 46), A.Safarov, I.Xolmirzayev, A.Oraxovats, J.Qurbonov (M.Isayev, 46), F.Tojiyev.
«Bunyodkor»: M.Zuhurov, R.Aşurmatov, A.Komilov, A.Ğofurov, J.Ibrohimov, D.Hamdamov (Ş.Nurmatov, 86), D.Ahmadaliyev, Ş.Gadoyev (F.Ikromov, 77), O.Şukurov, M.Qosimov, Ş.Norxonov (V.Şodiyev, 82).
Ogohlantirişlar: A.Safarov 24, T.Jörayev 58, S.Sulaymonov 74, J.Azimov 90 — D.Ahmadaliyev 45












