Vazirlar Mahkamasining 19.09.2017 yildagi 744-son qarori bilan Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş, fuqaro muhofazasi, şuningdek kiçik hajmli kemalardan xavfsiz foydalaniş sohasida davlat nazoratini olib boriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
FVV davlat nazoratini amalga oşiriş böyiça maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Bunda uning quyidagi mansabdor şaxslari davlat nazoratini amalga oşiradi:
• vazir va uning örinbosarlari;
• FVV markaziy apparatining boşqarma, xizmat, inspeksiya va bölimlari boşliqlari, ularning örinbosarlari, ofitserlari va mutaxassislari;
• hududiy favqulodda vaziyatlar boşqarmalari (bölimlari) boşliqlari, ularning örinbosarlari, ofitserlari, boş inspektorlari va mutaxassislari;
• «Davsuvxöjaliknazorat» davlat inspeksiyasi boşliği, boşliq örinbosari, mutaxassislari va hududiy inspektorlari.
Mazkur holatda davlat nazorati 3 xil şaklga ega.
1 – aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş, şuningdek fuqaro muhofazasi töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilişini tekşiriş.
Tekşiruvlar ham öz navbatida uç turda böladi.

Tekşiruvçilar attestatsiyadan ötgan bölişi va tekşirişlarni ötkazişga qöyilişi töğrisidagi maxsus guvohnomaga ega bölişi kerak. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi bilan qöşimça ravişda kelişmagan holda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelişining oldini oliş hamda tabiiy, texnogen, terroristik-qöporuvçilik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş masalalari, şuningdek Vazirlar Mahkamasining 13.12.1999 yildagi 528-122-son va 4.06.2002 yildagi 195-38-son qarorlari bilan röyxati tasdiqlangan obektlarda fuqaro muhofazasi talablariga amal qilinişi masalalari yuzasidan tekşirişlar amalga oşiriladi.
2 – işlab çiqariş obektlari va ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan obektlar böyiça işlab çiqilgan qaror va loyihalarning favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va fuqaro muhofazasi talablariga mos kelişi yuzasidan davlat ekspertizasi ötkazilişida iştirok etiş.











