Qozoğistonlik yengilmas boksçi, WBA Super, IBF va WBC boks yönalişlari böyiça örta vazn toifasida jahon çempioni Gennadiy Golovkin Butunjahon boks kengaşi (WBC) talqiniga köra yil odami deb topildi. 

Foto: twitter.com/@WBCBoxing

Bu haqda WBC’ning tvitterdagi rasmiy akkauntida ma'lum qilindi.

WBC prezidenti Maurisio Sulaymonning ta'kidlaşiça, sportçi bu yuqori unvon bilan "boks yölida ringda va uning ortida qilgan barça işlari uçun" taqdirlandi.

Golovkin boksçilik faoliyatida 38 ta jang ötkazib, 37 tasida ğalaba qozongan. Uning meksikalik Saul Alvaresga qarşi keçgan sönggi jangi durang natija bilan yakunlandi. Ta'kidlaş joizki, ikki boksçi örtasida 2018 yil 5 may kuni revanş jang bölib ötadi.