2017 yil 4 oktabr kuni Özbekiston Oliy Majlisi Senati 12-yalpi majlisi bölib ötdi. Unda majburiy mehnatga yöl qöymaslik maqsadida fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş masalalari senatorlar tomonidan jiddiy muhokama qilindi. KUN.UZ muxbirining qayd etişiça, şu masaladagi munozaralar kun tartibiga kiritilgan masalalar içida eng köp davom etgan.
Ayni masala yuzasidan Xalqaro Press-klub raisi Şerzodxon Qudratxöjayev ham Senat majlisida öz fikrlarini bildirdi. Keyinroq, u Facebook blogida bu haqda batafsil fikrlarini qoldirdi.
“Bugungi kunni tarixiy, tub buriliş kuni deyiş mumkin. Senatorlar, deputatlar, hukumat a'zolari, vazirlar, hokimlar, NNT vakillari, Xalqaro Mehnat taşkiloti va Jahon banki vakillari iştirokida Özbekiston Respublikasi qonunçiligi va xalqaro mehnat standatlariga muvofiq, fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş böyiça çoralarni kuçaytiriş masalasi muhokama qilindi”, - deb yozadi Qudratxöjayev.
Uning qayd etişiça, şunday muhim masala yangi Özbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda körib çiqilmoqda. Senatning uşbu taşabbusi Özbekistonda fuqarolarning mehnat huquqlarini kafolatlaşni yanada mustahkamlaş dolzarb masalaga aylanganidan kelib çiqdi.
“Bu nimani anglatadi? - deya savol bilaan murojaat qiladi Ş.Qudratxöjayev. – Bu majburiy mehnat ehtimollari juda ham kamaytirilganini bildiradi. Endilikda, oliy qonun çiqaruvçi organ darajasida qaror qabul qilinganidan söng, majburiy va bolalar mehnatiga butunlay yöl qöyib bölmaydi. Bu Özbekistonda yangi davr: qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş davri, köp mehnat talab qilinadigan sohalarda AKTni joriy qiliş va özlaştiriş kirib kelayotganidan dalolatdir. Şunga köra, mehnatga haq tölaş ham oşadi. Bu esa işçini ruhlantiradi”.
Uning umid bildirişiça, endi heç kim yoşlarni öz ustida işlaşdan, tahsil oliş va axborot texnologiyalarini özlaştiriş, şaxsiyatini kamolga yetkaziş böyiça şuğullanişdan çalğita olmaydi.
“XPK yoz mavsumidan beri NNT sifatida şu yilning yozidan buyon respublika mintaqalarida odamlar va hokimlar bilan suhbatda doimiy ravişda uşbu masalani kötarib çiqdi va hududlar rahbarlaridan ijobiy javob oldi. Bugun, Senat sessiyasida, ular, Buxoro viloyati hokimi Öktam Barnoyev, Surxondaryo viloyati hokimi Erkin Turdimov, Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov yana bir marta şu yönalişda işlaş qat'iyatlarini tasdiqlaşdi”, - deb yozadi Qudratxöjayev öz blogida












