Özbekiston Prezidenti 2017 yilning 16 sentabridagi qaroriga muvofiq 292,15 million dollarlik qiymatga ega "Magistral tarmoqlar stansiyalarini modernizatsiyalaş va rekonstruksiya qiliş" investitsion loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqladi, deya ma'lum qiladi Nuz.uz naşri. Loyiha 2017-2022 yillarda amalga oşiriladi.
Investitsion loyihaning moliyaviy manbalari sifatida quyidagilar belgilab berildi:
- "Özbekenergo" AJning 75,35 million dollar qiymatidagi öz mablağlari;
- Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki (XTTB)ning 25 yillik muddatga beriluvçi 92 million dollarga teng zayomi;
- Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA)ning 25 yil muddatga beriluvçi 58 million dollarlik krediti.
Özbekistonning soliq va bojxona imtiyozlari körinişidagi hissasi 66,8 million dollarni taşkil qiladi.
"Özbekenergo" aksiyadorlik kompaniyasi XTTB va XTA kreditidan maqsadli va samarali foydalaniş, şuningdek investitsiya loyihasini öz vaqtida amalga oşiriş uçun mas'ul ijro organi etib tayinlanadi.
Jahon banki ekspertlari ma'lumotlariga köra, amalga oşirilayotgan loyiha energetika sektori samaradorligini oşiriş imkonini beradi. Bunga Toşkent şahridagi 22 va viloyatlardagi 10 ustuvor podstansiyani rekonstruksiya qiliş orqali erişiladi. Loyiha doirasida asosiy elektr uzatiş liniyalarida uzilişlarni tezkor bartaraf etiş uçun zarur bölgan 110 kilovolt/örtaça kuçlanişdagi mobil podstansiyalar va favqulodda tiklaniş tizimlari xaridi közda tutilmoqda.
Mazkur yangi texnologiya milliy energotizimning barqarorligini oşiriş imkonini beradi. Loyiha samaradorlikni oşiriş va energouzilişlarni qisqartiriş orqali Özbekistondagi 6 milliondan ziyod oilaning yillik energiya iste'moliga teng miqdorda issiqxona gazlari çiqindilarini qisqartirişga yordam beradi.
Loyihaning amalga oşirilişi magistral elektr tarmoqlari faoliyatining işonçliligini oşiradi, iqtisodiyot sohalari iste'molçilari va aholini uzluksiz elektr ta'minoti bilan ta'minlaydi, uskunalarning kapital ta'mirlovi xarajatlarini kamaytiradi.












